“Real”dan kutilmagan transfer
“Real” o‘ng qanotini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Rodrigo Goes va Braim Diasning beqaror o‘yinlarini hisobga olgan holda, Xabi Alonso yangi o‘yinchi Franko Mastantuonoga boshqa raqobatchi olib kelishni so‘rayapti.
Ispaniyalik mutaxassis hujumning ushbu zonasini jonlantirish uchun Dortmundning “Borussiya” klubi o‘yinchisi Karim Adeyemi asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
23 yoshli Adeyemi kelasi yozda Dortmundni tark etishi mumkinligini ochiq aytdi. Uning agenti futbolchining xizmatlarini “Real”ga taklif qilgan va klubga yaqin manbalarning xabar berishicha, Alonso uni jamoa hujumini qayta qurish uchun qimmatli o‘yinchi deb hisoblamoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, madridliklar o‘ng qanotni yangilashga o‘tkir ehtiyoj sezmoqda. Alonsoga bu pozitsiyada tezlik, hujumkorlik va gollarni olib keladigan vinger kerak. Adeyemi o‘zining dinamikasi, golli uzatmalari va hujumni samarali yakunlash qobiliyati tufayli bu rolga mukammal nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Uning profili klubda mavjud bo‘lgan o‘yinchilardan farq qiladi va u Mastantuonoga raqobatchi bo‘lishi mumkin.
2022 yilning yozidan beri “Borussiya” sharafini himoya qilib kelayotgan Karimning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Transfermarkt portali uni 60 million evroga baholagan.



Fikrlar