"Real"dan ketadigan yana bir futbolchi nomi aniq bo‘ldi

  • 26 may, 2021, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid himoyachisi Rafael Varan katta ehtimol bilan yozgi transferlar davrida “Qirollik klubi”ni tark etadi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda,  28 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi. Varan "Real" bilan 2022 yilga qadar imzolangan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. "Real" esa, uni keyingi yil tekinga qo‘yib yubormaslik uchun shu yozda sotib yuboradi. Varanning ayni damdagi transferi 60 million evrodan yuqori baholanmoqda.

Rafael Varan joriy mavsum "Real"da jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Bundan avvalroq Varanga APL klublaridan, ayniqsa “Manchester Yunayted”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!