“Real”da sardorlik kimga topshirildi?

  • 20 iyul, 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni yozda yoshi katta ikki futbolchi – Luka Modrich va Lukas Vaskes tark etganidan keyin jamoaga yangi sardor tayinlandi.

Tecno

Avval, asosiy sardor Luka Modrich edi. Vaskes uning o‘rinbosarlaridan biri hisoblanardi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”da yangi sardor tayinlandi. Sardorlik vakolati butun faoliyatini “Real”da o‘tkazib kelayotgan 33 yoshli himoyachi Dani Karvaxal bajaradigan bo‘ldi.

Ikkinchi sardor vazifasi urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdiga topshirildi. Shuningdek, bu ikki o‘yinchi o‘rnini darvozabon Tibo Kurtua va Vinisius Junior ham bajarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!