“Real”da kim zo‘r? Mbappe Vinisius va Rodrigoga “dars” berdi!

  • 8 sentabr, 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchilari yozda ta’tildan qaytganida Kilian Mbappedan hayratga tushdi. Marca nashrining yozishicha, frantsiyalik futbolchi dam olganiga qaramay, klubga yaxshiga jismoniy tayyorgarlikka ega holda kelgan.

Tecno

Bundan tashqari, “realchilar”ni 26 yoshli hujumchining ichki xotirjamligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham qoyil qoldirgan.

“Real” futbolchilari Mbappe timsolida mas’uliyat va etakchilikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan lider o‘yinchini ko‘rmoqda. Buni braziliyalik yulduzlar –  Vinisius Junior va Rodrigo Goes ham tan olib, ular maydonda Mbappe bilan hamkorlik qilish lozimligini tushinib etgan.

Manbaning qayd etishicha, Kilian Mbappe mavsumning boshidanoq tezkorlik va kuch-qudratini namoyish qilib, zamonaviy futbolda hujumchi qanday bo‘lishini namoyish qilmoqda.

Ta’kilash joizki, Kilian Mbappe ta’til davomida PSJdagi do‘sti Ashraf Hakimi bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishga ham vaqt ajratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!