
"Real"da hamon Maneni sotib olish rejasi mavjud
Madridning "Real" klubi "Liverpul" vingeri Sadio Maneni sotib olishni rejalashtirmoqda.
El Confidencial nashrining xabar berishicha mersisaydliklar 27 yoshli senegallik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas, ammo, uning transferi borasida bildiriladigan katta mablag‘li taklif “Liverpul” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Ayrim manbaalarga ko‘ra APL grandi Maneni 150 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol va 4ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar