“Real” yulduzi Shomurodov jamoasiga keladimi? (foto)

  • 25 sentabr, 2020, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” matbuot xizmati “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioning jamoaga kelishi haqidagi savolga bosh murabbiy Valeriy Karpinning javobini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Karpin savolga “Asensioning transfer summasi tugul, maoshini to‘lashga ham pulimiz etmaydi!", - deb javob bergan.

Bu savol bejizga berilgani yo‘q, albatta. Chunki Karpin Asensio bilan do‘stona munosabatda. Rossiyalik mutaxassisning o‘zi ham yulduz futbolchi bilan ijtimoiy tarmoqlarda doimo muloqot qilib turishini yashirmadi.

rue9685f06f6b

Eldor Shomurodovning ustozi “Malorka”da ishlagan paytlari Marko bilan do‘stlashib qolgan. O‘shanda Asensio umidli futbolchilar sirasiga kirardi. 2015 yilda Asensio “Real”ga ko‘chib o‘tdi va shu kunga qadar barcha turnirlarda 145 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 20 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!