"Real" yulduzi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

  • 21 iyun, 2022, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos klub bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi kelasi yil erkin agent sifatida jamoadan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, Toni bu haqda gapirarkan, shartnomaning yangilanmasligiga pulning aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Aksincha, haftasiga 210 ming funt sterling miqdorida maosh oladigan germaniyalik yulduz "qirollik klubi" uchun moliyaviy yuk bo‘lmaslikni istamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Kroos "Real"ga 2014 yil "Bavariya" safidan kelib qo‘shilgan. Bu davr mobaynida u Madrid grandi bilan 3 ta La Liga chempionligi va 4 ta chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!