"Real" yozda "Arsenal" etakchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 10 oktabr, 2024, 10:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba “Real” Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. La Liga grandi frantsiyalik futbolchining muvaffaqiyatl o‘yiniini anchadan beri kuzatib kelmoqda va kelasi yili yozda uni qo‘lga kiritishga urunib ko‘radi.

Tecno

Goal nashrining xabar berishicha, Saliba "Real"ning 2025 yildagi asosiy transfer maqsadiga aylanib ulgurgan. "Qirollik klubi" vakillari allaqachon 23 yoshli futbolchi bilan aloqa o‘rnatgan. Transfermarkt portali mutaxassislari Vilyam Salibaning ayni damdagi transfer qiymatini 80 million evroga baholamoqda.

Markaziy himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!