"Real" XXI asr rekordini o‘rnatdi

  • 22 sentabr, 2024, 12:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 6-turida "Real" "Espanol"ni o‘z maydonida qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

O‘yinda hisob Kurtuaning avtogoli bilan ochilgan bo‘lsa, Karvaxal, Rodrigo, Vinisius va Mbappelar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘nggi golni Mbappe 11 metrli nuqtadan kiritdi. 

"Opta" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" XXI asrda Ispaniya chempionatining dastlabki 6 turida beshta penalti tepgan birinchi klub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda madridliklar 14 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!