
“Real” xo‘jayini Mbappening ustidan kuldi
“Real” prezidenti Florentino Peres madridliklar taklifini qabul qilmasdan “Pari Sen-Jermen”da qolishni ma’qul ko‘rgan Kiliana Mbappe haqida kinoyali izoh berdi.
- Bechora bola, hozir rosa pushaymon bo‘layotgandir, - dedi Florentino Peres.
23 yoshli Mbappe oxirigi pallagacha tanlovini sir tutib keldi. “Real” mutasaddilari frantsiyalik futbolchi ularning jamoasini tanlashiga amin bo‘lib ulgurgandi. Biroq, PSJ taklif etgan katta miqdordagi maosh Mbappening tanlovini ularning foydasiga og‘dirdi.
Kilian bilan uch yillik bitim imzolagan parijliklar hujumchiga har yili 93 million evro miqdorida maosh to‘laydi. Shu tariqa, Mbappe dunyoda eng katta maosh oladigan sportchiga aylandi.
“Real” rahbariyati va muxlislari Mbappening tanlovini hazm qila olmayapti.
Fikrlar