“Real”: Vinisius, maoshingga Mbappe e’tiroz qilmasa bo‘ldi!

  • 21 mart, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa etakchilaridan Vinisius Junior bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar hali o‘zaro kelishuvga erishishiga ancha bor.

Madridliklar yangi bitim bo‘yicha 24 yoshli hujumchining xizmat haqini oshirishga tayyor. Biroq bu holat klubning maoshlar fondi balansini buzmasligi qat’iy nazoratga olinadi. Qolaversa, Vinisiusning maoshi miqdori jamoadagi boshqa etakchilar, xususan Kilian Mbappe va Jud Bellingemda e’tiroz uyg‘otmasligi shart.

O‘z navbatida, braziliyalik futbolchining agentlari o‘yinchi olmoqchi bo‘lgan klublar uchun belgilanadigan badal summasi bo‘yicha ham klub bilan kelishib olishi talab etiladi. Odatda, klublar o‘yinchi ketib qolmasligi uchun hech bir klub to‘lay olmaydigan summani badal sifatida shartnomaga kiritib qo‘yadi. Futbolchi uchun badal puli kam bo‘lgani ma’qul.

Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Ayni paytda u har mavsum uchun 15 million evro miqdorida maosh olyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!