“Real” va PSJ “Roma” futbolchisini kutyapti

  • 2 iyun, 2022, 00:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Og‘ir jarohatdan keyin uzoq muddat davolanib, mavsum oxiriga kelib safga qaytgan “Roma” himoyachisi Leonardo Spinatstsola darrov grand klublar e’tiboriga tushdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” va Frantsiya chempioni PSJ italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.  Aslida bu klublar Spinatstsolaga jarohat olguncha ham qiziqish bildirgan edi. Ular o‘yinchi safga qaytishini 10 oydan ziyod kutishga majbur bo‘ldi.

Spinatstsolaning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Mavsumda atigi to‘rtt marta maydonga tushgan o‘yinchining narxi 20 million evro atrofida baholanmoqda.

Maydonda bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan universal o‘yinchi aslida “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 29 yoshli futbolchi shu kunga qadar, “Roma” va”Yuventus”dan tashqari “Siena”, “Atalanta”, “Vechentsa”, “Perudja”, “Empoli” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!