
"Real" va MYu Jahon chempionati kashfiyoti uchun kurashadi
Jahon chempionatida o‘zining gollari bilan barchaning e’tiboriga tushayotgan Kodi Gakpo faoliyatini kuchliroq klubda davom ettirishi mumkin.
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, "Real" va "Manchester Yunayted" unga qiziqish bildiryapti. Inglizlar o‘tgan yozda Kodini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq manchesterliklarda kelishuvni amalga oshirish uchun etarli mablag‘ bo‘lmagan.
Ushbu transferni shaxsan "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag istamoqda. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu jamoani tark etganidan so‘ng uning istagi yanada kuchaydi. Niderlandiyalik mutaxassis vatandoshining iste’dodiga juda yuqori baho beradi.
O‘z navbatida, "qirollik klubi" ham Gakponing o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 55 million evroga baholanayotgan futbolchi qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
23 yoshli hujumchi Qatardagi mundialda 4 uchrashuvda maydonga tushib, 3 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.
Fikrlar