“Real” uch futbolini olib qoladigan bo‘ldi

  • 24 aprel, 2022, 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” rahbariyati jamoaning uch a’zosiga yangi shartnoma berishga qaror qildi.

Tecno

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, himoyachi Eder Militao, Yarim himoyachi Luka Modrich va hudumchi Vinisius Junior Madrid klubidagi faoliyatini davom ettiraveradi.

Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari ularga yangi bitimlarni taqdim etgan va hujjatlar imzolanishini kutmoqda.

36 yoshli Luka Modrich joriy mavsumda La Ligada 28 ta uchrashuvda ikkita gol urdi. Eder Militao 31 ta bahsda maydonga tushdi va bitta to‘p kiritdi. Vinisius Junior jamoaning ikkinchi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 31 ta bahsda kiritilgan 14 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!