“Real” uch nafar qimmat to‘purarni ko‘zlayapti

  • 22 may, 2023, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida kelajakda Karim Benzemaning o‘rnini bosa oladigan to‘purar oladi.

Tecno

Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, Karlo Anchelotti jamoasi vakillari yozda transfer qilish mumkin bo‘lgan uch nafar hujumchini nishonda ushlab turibdi.

Ularning bari mohir to‘purar hisoblanadi. Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar uch yo‘nalishda ish olib borib, “Tottenxem”dan Harri Keyn, “Yuventus”dan Dushan Vlaxovich va “Benfika”dan Gonsalu Ramushni transfer qilmoqchi.

Transfer ekspertlarining aytishicha, bu hujumchilarning bari 80 million evrodan qimmat turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!