
“Real”: Transferlar Beylga bog‘liq bo‘lib qoldi
“Real” yozgi transferlar vaqtida yangi futbolchilarni sotib olish uchun avval Garet Beylni sotishi kerak bo‘ladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy holat madridliklarga transfer bozorida faol qatnashish imkonini bermayapti. “Real” ko‘p maosh oladigan Beyl sotish orqali, ham mablag‘ tejamoqchi, ham yangi o‘yinchi olmoqchi.
Lekin qaysar Beyl 2022 yilning iyunigacha jamoada qolib, shartnomasini to‘liq o‘tashini aytmoqda.
Fikrlar