
"Real" top hujumchini sotib olishga yanada yaqinlashdi
Yozgi transfer oynasida "Real" rahbariyati hujum pozitsiyasini yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Bu "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich bo‘lishi mumkin.
TodoFichajes xabariga ko‘ra, 23 yoshli serbiyalik futbolchi Turindagi holati tufayli Madridga ko‘chib o‘tishga yaqinroq. Aytish kerakki, Vlaxovich muxlislarining tanqidi tufayli hatto ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarini yopishga majbur bo‘ldi.
Qayd etilishicha, “Real” Vlaxovich uchun yagona variant emas. Futbolchiga "Bavariya" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. Moliyaviy qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, "Yuventus" yozda serbiyalik futbolchini arzonlashtirilgan narxda qo‘yib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, transfermarkt portali Dushan Vlaxovichni 75 million evroga baholamoqda. U joriy mavsum “Yuventus” tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar