
"Real Sosedad" PSJ yarim himoyachisini sotib oldi
Karlos Soler PSJdan "Real Sosedad"ga o‘tdi.
Ispaniya klubi 28 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma tuzishdi, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
"Le Parisien" nashrining xabar berishicha, "Sosedad" futbolchining 50 foizlik huquqi uchun 8 million evro to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Soler o‘tgan mavsumni "Vest Xem" safida o‘tkazgan edi.
Fikrlar