
"Real" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi (video)
Ispaniya La Ligasining 25-turida “Real” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qildi.
Dastlab, 55-daqiqada mehmonlar a’zosi Kristian Portu “Sosedad”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Vinisius Junior (89') “qirollik klubi”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi. Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar