"Real" sobiq futbolchisini sotib olish variantini faollashtirmoqchi
"Komo" hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas La ligaga qaytishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "kirollik klubi" sobiq futbolchisini ortga qaytarishni ko‘rib chiqmoqda. O‘tgan mavsumda ular Pasni 8 million evroga sotib olish huquqidan foydalanmagan edi. Ammo "qaymoqranglilar" uni 2026 yilda 9 millionga yoki 2027 yilda 10 millionga sotib olishlari mumkin. Ta’kidlanishicha, "Komo" argentinalik futbolchini boshqa klubga sotgan taqdirda, madridliklar transfer summasining 50 foizini oladi. Ayni vaqtda "Transfermarkt" portali futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar