"Real" sobiq futbolchisi: "Alonsoni Vinisiusning yulduzligi qiziqtirmaydi"

  • 27 avgust, 16:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" sobiq futbolchi hamda sobiq sport direktori Predrag Miyatovich Vinisius Juniorning "qirollik klubi"da asosiy tarkibdan tushib qolishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

La Liga 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Real Ovedo" (3:0) bahsida "qaymoqranglilar" g‘alaba qozondi. Madridliklarning braziliyalik vingeri 63-daqiqada maydonga tushib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamonaviy futbolda hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan, bu juda muhim.

Anchelotti davrida Vinisiusning o‘rni bexavotir edi. Ehtimol, Braziliya terma jamoasida ham shunday bo‘ladi, ammo "Real"ga kelsak, ko‘ryapmizki, Xabi Alonso Vinisiusning o‘tmishda qilgan ishlari va uning yulduz futbolchi ekanligi bilan unchalik qiziqmayapti", - dedi "Real"ning sobiq hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!