
“Real” skautlari bitta uchrashuvda ikkita futbolchini kuzatdi
“Real” klubi mutasaddilari Angliya Premer-ligasi doirasidagi “Tottenxem” va “Arsenal” uchrashuvini kuzatishga o‘z skautlarini yubordi.
“Qirollik klubi” kelasi yoz himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qilgan va taklif etilishi mo‘ljallanayotgan o‘yinchilar orasida Angliyada to‘p tepayotgan himoyachilar bor.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, madridlik skautga London derbisini tomosha qilib, “Arsenal”dan Vilyam Saliba va “Tottenxem”dan Kristian Romeroning himoyadagi harakatlarini baholash vazifasi topshirilgan.
“Tottenxem” maydonida o‘tkazilgan uchrashuv “kanonirlar”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Real” nishonida bo‘lgan har ikki himoyachi to‘liq o‘ynadi. Saliba 15-daqiqada ogohlantirish oldi.
Fikrlar