“Real”: Shu o‘yinchini qo‘lga kiritishimizga aminmiz!

  • 16 aprel, 2022, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari bir necha grand klublar nishonida turgan frantsiyalik futbolchi Orelen Tchuameni yozda Madridga kelishiga hech qanday shubha yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” anchadan beri 22 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olisha harakat qilmoqda. Biroq, madridliklar o‘tkazilgan muzokaralarda “Monako” bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Hozir Tchuameni oldida “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Pari Sen-Jermen” variantlari ham bor. Shunga qaramay, madridliklar yosh iste’dod egasi aynan ularning klubini tanlashiga ishonmoqda.

Orelen joriy mavsumda “Monako” safida 44 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek yosh o‘yinchi Frantsiya terma jamoasi tarkibida sakkiz marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!