
"Real" rahbariyati JCh paytida "Bavariya" futbolchisining o‘yinini kuzatadi
Matbuotda Madridning "Real" klubi rahbariyati "Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi futbolchinining Qatardagi Mundial paytida Kanada terma jamoasidagi o‘yinini alohida kuzatib boradi.
“Qirollik klubi” rahbariyati Ferlan Mendining istiqboliga ishonchi komil emas. Boisi, frantsiyalik futbolchining himoyaning o‘yini murabbiylarning ishonchini oqlamayapti. Shu boisdan ham “qaymoqranglilar” 22 yoshli Devisga qiziqish bildirmoqda.
"Transfermarkt" portali Alfonso Devisni 70 million evroga baholamoqda. 2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi "Bavariya" tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushgan (3 gol + 4 golli uzatma).
Fikrlar