“Real” qidirgan futbolchisini Angliyadan topdi

  • 3 avgust, 2021, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari klubni tark etayotgan Rafael Varan o‘rnini bosa oladigan himoyachi qidirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan mavsumni Angliya premer-ligasida o‘tkazgan Karlo Anchelotti o‘z jamoasiga “Lester” futbolchisi Uesli Fofanni taklif qilmoqchi. Madridliklar bu xaridni yozgi transferlar yakunlangunicha amalga oshirmoqchi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari transfer masalasida Fofanning agentlari bilan suhbatlashdi. Futbolchining o‘zi ham Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan.

Bu transferga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan yagona omil “Lester” o‘z futbolchisi uchun 80 million evro talab qilayotgani bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!