
"Real" pul sarflamasdan himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi
"Real" transferlarga jiddiy pul sarflamasdan himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi"ning transferlar ro‘yxatiga Angliya Premer-ligasining ikki himoyachisi kiritilgan. "Qaymoqranglilar" Vilyam Saliba ("Arsenal") va Ibraima Konateni ("Liverpul") o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Klub rahbarlari bu transferlarga pul sarflashni istamaydilar va futbolchilarning shartnomalari tugashini kutish niyatida.
Konatening "Liverpul" bilan kelishuvi 2026 yilgacha amal qilsa, Salibaning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar