"Real" posboni APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 22 noyabr, 16:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Defensa Central" bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Shporlar" Lunin transferini qishki hal qilishni rejalashtirmoqda. Kiperning transferi London klubi uchun taxminan 12-15 millionni tashkil etadi. 26 yoshli darvozabonning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 18 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Lunin "qaymoqranglilar" safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!