"Real" penalti tepishda antirekord qayd etdi

  • 6 aprel, 12:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya chempionatining shanba kungi o‘yinida "Valensiya"ga qarshi bahsda "Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior penaltini golga aylantira olmadi. Braziliyalik futbolchining zarbasini gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvili qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu 11 metrlik jarima "Real" uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlar hisobiga beshinchi urilmagan penalti bo‘ldi. "Opta" xabariga ko‘ra, madridliklar uchun bu 2013/2014-yilgi mavsumdan beri qayd etilgan eng ko‘p urilmagan penaltilar hisoblanadi. Aynan o‘sha mavsumdan boshlab bu borada statistik ma’lumotlar to‘plana boshlangan.

"Real" joriy mavsumda jami 16 ta penaltining 11 tasini golga aylantira oldi. 

"Qirollik klubi"ning navbatdagi uchrashuvi Chempionlar ligasi doirasida "Arsenal"ga qarshi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!