
“Real” o‘ziga zo‘r futbolchi tanladi
“Real” tarkibini kuchaytirish uchun kerakli futbolchilar ro‘yxatini shakllantirmoqda. Fichajes nashrining xabar berishicha, madridliklar nishoniga “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni ham tushgan.
23 yoshli futbolchi A Seriyaning eng zo‘r himoyachilaridan hisoblanadi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali Bastonini 60 million evroga baholamoqda.
Bastoni aslida “Atalanta” futbolchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Parma”da ham ijara asosida o‘ynagan. “Inter” iste’dodli himoyachini 2017 yili “Atalanta”dan 31,5 million evroga xarid qilgandi.
Shundan beri Bastoni milanliklar safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar