
“Real” o‘z yulduzidan shubhalanib qoldi
“Real” mutasaddilari jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan hisoblangan Eduardo Kamavinganing Madriddagi kelajagidan shubhalana boshladi.
O‘tgan mavsum frantsiyalik yarim himoyachi uchun og‘ir keldi. Kamavinga ko‘p jarohat olgani tufayli yil davomida barcha turnirlarda atigi 35 marta maydonga tushdi. Shu uchrashuvlardan 22 tasida boshlang‘ich tarkibda o‘ynadi.
Marca nashrining yozishicha, 22 yoshli yoshli futbolchining jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani va barqarorlikni ushlab tura olmayotgani “Real” rahbariyatini bezovta qilmoqda.
Bir necha manbalar aynan mana shu sabab tufayli “Qirollik klubi” Kamavingani sotib yuborishga tayyorligini yozmoqda. Madrid klubi bilan 2029 yilgacha shartnomaga ega bo‘lgan o‘yinchiga “Pari Sen-Jermen” va “Manchester Siti” kabi qudratli klublar qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar