
“Real” og‘ir jarohat olgan Karvaxalni “ko‘cha”da qoldirmaydigan bo‘ldi
“Real” sardori Daniel Karvaxal og‘ir jarohat olib safdan chiqdi. U tez orada operatsiya qilinadi.
Madridliklar sardori uchun mavsum tugagani aytilmoqda. Qolaversa, yozda Danining amaldagi shartnomasi ham yakunlanadi.
“Qirollik klubi” jamoa sardorini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Karvaxal bilan hamkorlik bitimi yana bir yilga uzaytirildi.
Daniel Karvaxal endi 2026 yilning yozigacha jamoada qolishi mumkin.
Ispaniyalik o‘ng qanot himoyachisi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada bir mavsum “Bayer”da ijarada o‘ynab kelgan. Shundan keyin 2013 yildan beri “Real”ning asosiy tarkibi a’zosiga aylangan.
32 yoshli futbolchi klublar miqyosida 531 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 82 ta assist rasmiylashtirgan. Ispaniya terma jamoasi safida 51 ta o‘yinda bitta to‘p kiritgan.
Fikrlar