
“Real” norozi yulduzni chaqiryapti
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala klub rahbariyati uning yangi shartnomasi shartlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilganidan keyin Turinni tark etishini ma’lum qildi.
Aslida tomonlar uzoq davom etgan muzokaralarda maosh masalasida bir to‘xtamga kela olmayotgan edi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Real” argentinalik to‘purar atrofidagi vaziyatni sinchiklab kuzatmoqda va uni olish yo‘llarini qidira boshladi.
Dibalaning hozirgi bitimi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois, “Qirollik klubi”ja yuqori saviyali hujumchini erkin agent sifatida bepul olish imkoni bor.
Shunga qaramay, bu transfer oson bo‘lmaydi. Dibalaga boshqa takliflar ham etarli. U chorlovlar orasida eng maqbulini tanlashini aytmoqda.
Fikrlar