
“Real” MYu yulduzini oladi
“Real” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Manchester Yunayted”dan Edinson Kavanini transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Manchester klubiga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin urugvaylik futbolchiga ehtiyoj qolmadi. Portugaliyalik yulduz yangi jamoasining muhim gollarini urmoqda.
Mavsum boshida yangi shartnoma tuzish jarayonida Ule-Gunner Sulsher Kavaniga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni va’da qilgandi. Biroq, amalda bunday bo‘lmayapti.
Shu bois, 34 yoshli hujumchi yanvar oyidayoq boshqa jamoaga o‘tmoqchi. “Qirollik klubi” esa qishki transfer oynasi ochilishi bilan Kavani bo‘yicha taklif berishga tayyor.
Fikrlar