
"Real" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!
Braziliyalik qanot himoyachisi Vinisius Junior "Real" bilan yangi shartnoma imzoladi.
22 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan kelishuvi 2022/23 yilgi mavsumda OAVda e’lon qilingan, biroq rasmiy tasdiq hali berilmagan. Diario AS xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi "Real" bilan 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan. Bu haqda futbolchi ta’tildan qaytganidan so‘ng tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Vinisius Junior “Real” safida 225 ta o‘yin o‘tkazib, 59 ta gol va 64 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U “qaymoqranglilar” tarkibiga 2018 yilning yozida Braziliyaning “Flamengo” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar