"Real" Modrichning o‘rnini 100 millionlik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi

  • 2 iyun, 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milaning "Inter" klubi futbolchisi, italiyalik yarim himoyachi Nikolo Barella Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Barellaning xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" 28 yoshli futbolchini jamoadan ketadigan Luka Modrichning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Barella "neradzurri" bilan 2029 yil iyun oxirigacha amaldagi shartnomaga ega. "Inter" italiyalik futbolchining transferi uchun 80–100 million evro atrofida mablag‘ so‘ramoqda.

O‘tgan A Seriya mavsumida Nikolo Barella 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!