
“Real” Mbappening kelishidan xavotirga tushdi
Kilian Mbappe faoliyatini Ispaniya chempionatida “Real” safida davom ettirishi oydinlashib bo‘lgan. Faqat bu rasman tasdiqlanishi kutilyapti xolos.
Frantsiyaning L'Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi”ning ayrim mutasaddilari 25 yoshli forvardning kelishidan xavotirga tushayotgan ekan.
Ular o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lgan Mbappe jamoaning ichki muhitiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, degan fikrda.
Bundan tashqari, klub darajasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritmagan frantsiyalik futbolchi muntazam xalqaro miqyosda nufuzli sovrinlarga erishib kelayotgan “Real” muhitiga moslasha olmasligi ehtimoli borligi aytilyapti.
Qolaversa, Kiliannin jamoada eng katta maosh olishi boshqa futbolchilarga salbiy ta’sir o‘tkazadi, degan taxmin ham ilgari surilmoqda.
Fikrlar