
“Real” Mbappdan keyin PSJning yana bir yulduziga ko‘z tikdi. Parijliklar talvasada...
PSJ tarixida eng zo‘r to‘purar bo‘lgan Kilian Mbappening “Real”ga tekinga o‘tib ketgani eng og‘riqli transfer bo‘ldi.
“Real” klubni tark etgan jamoa sardori Nacho Fernandes o‘rniga boshqa himoyachi qidirmoqda va ro‘yxatga Ashraf Xakimini kiritdi.
RMC Sport nashrining yozishicha, parijliklar muhim ahamiyatga ega o‘yinchini saqlab qolish uchun Hakimiga yangi shartnoma taklif qilgan. Manbaga ko‘ra, klub marokashlik himoyachini jamoani qolishga ko‘ndira olgani aytilmoqda.
Ashraf Hakimi aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hsoblanadi. Biroq “Qirollik klubi” murabbiylari unga asosiy tarkibdan joy bermagan.
Avvaliga ikki mavsum ijara asosida “Borussiya”da o‘ynagan Ashraf 2020 yili “Inter”ga ko‘chib o‘tdi. Italiya klubi 43 million evroga olgan futbolchini bir yildan keyin 68 million evro evaziga PSJga o‘tkazib yubordi.
25 yoshli Hakimining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Bugungi kunda futbolchi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar