
“Real” Mbappe tufayli bir necha o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur
“Real” rahbariyati Kilian Mbappeni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olgan bo‘lsa-da, bu transfer uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bois, madridliklar xarajatlarning bir qismini yosh o‘yinchilardan bir nechtasini sotib yuborish orqali qoplamoqchi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” 20 yoshli tayanch yarim himoyachi Mario Martin, 19 yoshli hujumkor futbolchi Nik Pas va 19 yoshli forvard Alvaro Rodriges bilan xayrlashishni rejalashtirgan.
“Real” bu futbolchilarni sotib yuborgan taqdirda ham shartnoma bo‘yicha ularni qayta xarid qilish huquqini saqlab qoladi.
Fikrlar