“Real” manchesterliklar etakchisini olib ketadigan bo‘ldi

  • 12 dekabr, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotgan “Real” yozgi transferlar vaqtida bu pozitsiyani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi.

Tecno

TBR Football nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” asosiy transer nishoni sifatida “Manchester Yunayted” himoya chizig‘i etakchisi Lisandro Martinesni tanladi.

Manchesterliklar Ruben Amorim kelganidan keyin tarkibni jiddiy tarzda o‘zgartirmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis o‘ziga kerakli futbolchilar ro‘yxatini berdi. Unda argentinalik himoyachi yo‘q. Qolgan o‘yinchilar sotib yuboriladi.

Madrid superklubi Lisandro Martinesga zaxira varianti sifatida transfer nishonlari ro‘yxatiga “Arsenal”dan Vilyam Saliba va “Tottenxem”dan Kristian Romeroni kiritgan. Biroq bu klublar odatda o‘z o‘yinchilarini osonlikcha qo‘yib yubormaydi.

Lisandro Martines hozirga qadar manchesterliklar safida 78 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bittadan gol va assist qayd etgan. Transfermarkt portali 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!