
"Real Madrid" sobiq futbolchisi: "U juda zo‘r o‘ynamoqda"
Chernogoriyalik mutahassis Predrag Miyatovich Kilian Mbappening La Ligadagi ilk gollari haqida fikr bildirdi.
“Mbappe juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi va "Madrid" uchun ikkita muhim gol urdi. Vaqt o‘tishi bilan o‘yini yaxshilandi. Chunki birinchi bo‘limda madridliklar kuchsiz va ancha qo‘rqoq o‘ynadi. Keyin birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida va ikkinchi bo‘limda ular juda yaxshi harakat qilishdi.
Kilian juda baquvvat edi va katta istak ko‘rsatdi. Uchrashuvning muayyan nuqtalarida u hissiyotlarga berilib ketdi. Lekin o‘z dubllari bilan u o‘zi uchun gollari hisobini ochdi va bu yigitdan yana ko‘plab gollarni ko‘rishimizga ishonch uyg‘ota oldi.
U haqiqiy to‘purar, ajoyib futbolchi. Bir mavsumda o‘ttizta yoki undan ko‘proq gol ura oladi. Balki 35, 40 yoki 25 ta gol urar, bilmaymiz. Lekin bir narsa aniqki, kamida 30 dan ortiq gol urgan futbolchilar ko‘p maqtovlarga arziydi.
Ronaldu va Messidan keyin bizda bunchalik ko‘p gol urgan o‘yinchi bo‘lmagan”, - dedi "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi.
Fikrlar