"Real Madrid" posboniga Angliya va Turkiya klublaridan takliflar tushmoqda

  • 20 may, 16:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin yozda jamoasini almashtirishi mumkin.

Tecno

Ukrainalik darvozabon Andrey Luninning Madridning "Real" klubidagi kelajagi haligacha mavhum bo‘lib qolmoqda. Taniqli nashrlardan biri "Defensa Central" ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli darvozabon "Aston Villa" va "Galatasaray" klublaridan hozirgi shartnomasidagi shartlardan ko‘ra yaxshiroq taklif olgan.

 Futbolchining agenti ushbu ikki klubning qiziqishlarini "Real" rahbariyatiga ma’lum qilgan. Ehtimoliy transferni faqatgina Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘nggina, amalga oshirish mumkin.

 Qiziqarli tomoni shundaki, "Real"ning kelajakdagi murabbiyi Xabi Alonso Lunindan kelgusi mavsumda ham foydalanishga reja qilmoqda va uning ketishini xohlamayapti. Shunga qaramay "qaymoqranglilar", futbolchiga klubni almashtirish qarori bo‘lsa, yordam berishga tayyor. 

 Ukrainalik darvozabon "qirollik klubi" safida ushbu mavsum 13 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol o‘tkazib yubordi va 5 ta quruq seriyani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, Luninning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha davom etadi.

Elbek Narziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!