"Real Madrid" Modrichning o‘rniga qimmat futbolchi olib keladi

  • 17 mart, 17:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Madrid klubining asosiy vazifalaridan biri maydonning o‘rta chizig‘ini mustahkamlashdir. Sababi, Luka Modrich faoliyatining so‘nggi yillarini o‘tkazmoqda.

So‘nggi paytlarda bir nechta nashrlar "Real"ning Entso Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqida yozmoqda. Biroq, argentinalik futbolchining transferi "qaymoqranglilar"ga juda qimmatga tushishi mumkin.

"TodoFichajes" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" 24 yoshli argentinalik uchun kamida 90 million evro talab qilmoqda. Ta’kidlanishicha, "Real" skautlari Fernandes haqida ijobiy hisobotlar tayyorlagan, ya’ni kelishuv amalga oshishi ehtimoli yuqori.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!