"Real Madrid" bugun himoyachi transferini e’lon qiladi!

  • 14 iyul, 11:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bugun rasman "Benfika" safida to‘p surayotgan Alvaro Karrerasning transferi haqida e’lon qiladi. Bu haqda "The Athletic" va "El Chiringuito TV" xabar berdi.

Tecno

22 yoshli ispaniyalik himoyachi uchun "qirollik klubi" 50 million evro to‘laydi. Karrerasning taqdimoti seshanba kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Alvaro Fernandez Carreras of SL Benfica react during the FIFA Club World Cup 2025 group C match between CA Boca Juniors and SL Benfica at Hard Rock...

Qiziq tomoni shundaki, Alvaro – "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub akademiyasida 2017 yildan 2020 yilgacha o‘ynagan. Keyinchalik "Manchester Yunayted" safiga o‘tgan, so‘ngra Portugaliyaning "Benfika" jamoasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, chap qanot himoyachisi Portugaliya klubi safida umumiy 68 ta bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!