"Real Madrid" "Bavariya" darvozaboniga hamdardlik bildirdi

  • 2 avgust, 16:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Sven Ulrayxning 6 yoshli o‘g‘li vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Juma kuni darvozabon o‘g‘li uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng bir necha hafta oldin vafot etganini ma’lum qildi.

Tecno

"Real Madrid", klub prezidenti va direktorlar kengashi "Bavariya" futbolchisi Sven Ulrayxga o‘g‘lining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi, shuningdek, uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Uning ruhi shod bo‘lsin", - deyiladi xabarda.

Ulrayx 36 yoshda, u 2021 yildan beri "Bavariya"da o‘ynamoqda, shuningdek, 2015 yildan 2020 yilgacha Myunxen klubida o‘ynagan. U to‘qqiz karra Germaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g‘olibi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!