
"Real Madrid" "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchisini kuzatishda davom etmoqda
"Arsenal"ning markaziy himoyachisi Vilyam Saliba "Real Madrid"ning diqqat markazida turibdi. Bu haqda "TBR Football" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli frantsuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. "Qirollik klubi" vakillari Salibaning Premer-ligada "Manchester Siti"ga qarshi (1:1) o‘yinini jonli kuzatishgan.
Saliba 2019 yil yozida "kanonirlar" tarkibiga kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozda yakuniga etadi. Futbolchining bozor qiymati esa 80 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar