"Real" London klubi futbolchisiga qiziqmoqda. Ammo...

  • 20 oktabr, 2024, 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid rahbariyati himoyaning o‘ng qanotiga yangi o‘yinchi sotib olish bo‘yicha transfer bozorini o‘rganmoqda. "Qirollik klubi" bu borada Angliyaning "Tottenxem" klubidan Pedro Porroga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot bor. Ammo, Porroning potentsial transferi La Liga grandiga qimmatga tushadi.

Tecno

GiveMeSport nashrining xabar berishicha, "shporlar" 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 60 million funt sterling, ya’ni 72 million evrodan ko‘proq talab qilmoqchi.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi “Tottenxem” safiga 2023 yilning yozida "Sporting"dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida London klubi tarkibida jami 63 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 8 ta gol hamda sheriklariga 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi..

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!