
Aldangan “Real” endi Mbappeni hech qachon kechirmasa kerak. Madridliklar boshqa yulduzni oladi
“Real” o‘zi kutgan futbolchilardan quruq qoldi. Erling Xoland “Manchester Siti”ga o‘tib ketdi. Kilian Mbappe madridliklarni umidvor qilib, so‘nggi palada PSJda qolishga qaror qildi.
Kutilmagan vaziyatga tushib qolgan “Qirollik klubi” tezda boshqa futbolchini olishni mo‘ljallamoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar qator grand klublar nishonida turgan “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuameniga ko‘z tikmoqda.
Monakoliklar “Bordo” tarbiyalanuvchisini ikki yil muqaddam 18 million evroga transfer qilgandi. Endi ular 22 yoshli o‘yinchini 40 million evrodan ko‘proq summaga qo‘yib yuborishi mumkin.
Fikrlar