“Real” kutilmaganda katta transferga qo‘l uradigan bo‘ldi

  • 3 avgust, 2024, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelotti Madrid klubi transfer bozoridagi ishlarini yakunlaganini bildirgan edi.

Tecno

Biroq klub rahbariyati himoya chizig‘ida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun yangi transfer ustida ish boshladi.

TodoFihajes nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati yozda “Lill” himoyachisi Leni Yoroni qo‘lga kirita olmaganidan keyin boshqa o‘yinchi tanlagan.

Manbaga ko‘ra, madridliklar nishoniga “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni tushdi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu transferni amalga oshirish juda qiyin.

Ispaniya chempioni italiyalik futbolchini 40 million evrogacha bo‘lgan summaga transfer qilishni mo‘ljallayapti. Biroq A Seriya g‘olibi o‘zning 25 yoshli o‘yinchisini 80 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!