“Real” kutgan yulduzni “Barselona”ga taklif qilishdi

  • 14 oktabr, 2024, 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” ancha vaqtdan beri “Chelsi” sardori Ris Jeymsni transfer qilish imkoniyatini o‘rganib kelayotgan edi. Madridliklar bu futbolchi yordamida himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirishni mo‘ljallagan.

Tecno

Football Transfers nashrining yozishicha, 24 yoshli angliyalik himoyachining agenti o‘z mijozi xizmatlarini "Real"ning ashaddiy raqibi “Barselona” va “Benfika”ga taklif qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ris Jeyms “Tumanli Albion”ni tark etib, havo harorati mo‘’tadil va issiq bo‘lgan mamlakatlar chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu yo‘l orqali himoyachi o‘zida ko‘p takrorlanayotgan mushaklarni shikastlanishiga moyilligini bartaraf etishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Jeymsning shifokorlari Ispaniya va Portugaliya chempionatlarining tempi Angliya Premer-ligasinikidan past ekani uchun ham o‘yinchiga mazkur ligalarga o‘tishni tavsiya qilyapti.

Ris Jeyms “Chelsi”ning asosiy tarkibidagi faoliyatini boshlaganidan beri mushak bilan bog‘liq jarohatlar tufayli 129 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!