"Real" kichik kambek amalga oshirib, bir ochko qo‘lga kiritdi

  • 23 yanvar, 2022, 22:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 22-turidan o‘rin olgan "Real" - "Elche" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. 

Mehmonlar safida Boye va Milya raqib darvozasini ishg‘ol qildi. "Qaymoqranglilar"dan Modrich penaltini amalga oshirdi. Shuningdek, Militao o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, "Real"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Durangdan qat’i nazar, "qirollik klubi" 50 ochko bilan La Liga peshqadami bo‘lib turibdi, 25 ochkoga ega "Elche" esa 14-o‘rinni band etgan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!